Inson tomog‘ining kuchi benihoyadir

Jamiyat 11:20 / 21.02.2018 42201

Biz tug‘ilganimizda birinchi ovozdan tortib, hayotdagi turli vaziyatlar, bizga kimgadir tasalli berish, yupatish kerak bo‘lgan, yoki bizga o‘z fikrimizni va g‘oyalarimizni ifodalash juda zarur bo‘lgan holatgacha — tomog‘imiz doimo bizga yordam beradi.

Sog‘lom tomoq — bizning gapirishimizga imkon beradi. Ushbu tub asosiy g‘oya Septolete®total dori preparati uchun asos bo‘lgan, u sog‘lom tomoqning kuchini ulug‘laydi.

Afsuski, umrida biron marta tomoq og‘rig‘i bezovta qilmagan inson bo‘lmasa kerak. Bu holat kattalar va bolalarda, erkaklar va ayollarda bir xil uchraydi va hech kim tomoq og‘rig‘idan himoyalanmagan.                           

Foto: Septolete®total

 

Tomoqda og‘riqning sabablari

 

Tomoqdagi og‘riq sabablari bo‘lishi mumkin:

  • viruslar;
  • bakteriyalar;
  • zamburug‘lar;

Kattalarda tomoq kasalliklarining 50-95% qismi va bolalarda 70% qismi respirator viruslar tufayli yuzaga keladi: adenoviruslar, grippviruslari, hamda bolalarda gerpesviruslari.

20% dan ham kamroq holatlarda tomoqdagi og‘riq sababi bakteriyalar bo‘ladi, ko‘pincha bular streptokokklar va stafilokokklardir.

Kandida (Candida) turidagi zamburug‘lar kam hollarda tomoqning yuqumli shikastlanishiga olib keladi, odatda bu og‘iz bo‘shlig‘ining normal mikroflorasi buzilganda (masalan, antibiotiklar bilan davolash yoki kimyoviy davolash tufayli) yuz beradi.

Foto: Septolete®total

Tomoq og‘rig‘ini nima bilan davolash kerak

Ko‘pincha, tomoq kasalligining sabablari bakteriyalar bilan bog‘liq emas, shuning uchun ba'zi xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomoqda og‘riqni davolash uchun antibiotiklarni qo‘llashni tavsiya qilmaydi.

Tomoq og‘rig‘ini davolash uchun mahalliy vositalar antibiotiklar bilan tizimli davolashning muqobil imkoniyatidir.

E'tibor bering.

Tomoqni chayqash tomoq og‘rig‘ini davolashning kamroq samarali usuli deb hisoblanadi, chunki faol moddalar yallig‘lanish o‘chog‘iga yetib bormaydi.

Tomoq og‘rig‘ini davolash usullari va preparatni tanlash bir nechta omilga bog‘liq bo‘ladi. Eng avvalo, bu noxush tuyg‘ularning paydo bo‘lishi sababidir, shuningdek, og‘riqni va yallig‘lanishni ketkazish zarur bo‘ladi.

Kasallikka kompleks, majmuiy ta'sir etadigan preparatni tanlash yaxshiroq bo‘ladi: u tomoq og‘rig‘i sababini yo‘q qiladi, og‘riqni va yallig‘lanishni ketkazadi, hamda undan foydalanish samarasi uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Septolete® total – tomoq og‘rig‘ining majmuiy davolash imkoni.

Angina, gripp, O‘RVK tufayli yutishda tomoq og‘rig‘ini nima bilan davolashni bilmaysizmi? Tomoq og‘rig‘ini davolash uchun yangi preparat sotuvda bor. Tomoqning qizarishi va yallig‘lanishini majmuiy davolash – Septolete®total.

So‘riladigan tabletkalar kattalarda va bolalarda qo‘llash uchun qulay, yoqimli ta'mga ega, tarkibida shakar yo‘q, shuning uchun ularni qandli diabeti mavjud bo‘lganlarga ham tayinlash mumkin. Septolete® totaltarkibida ikkita faol komponent bo‘lgani uchun, tez va samarali davolashni ta'minlaydi. Antiseptik va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita tomoq qichishganda yoki ovoz yo‘qolishida tez yordam beradi. Septolete® total og‘riq tuyg‘ularini tez yo‘qotadi, hamda viruslar, bakteriyalar va zamburug‘larga ta'sir etib, kasallikning sababi bilan kurashadi.

Shunga qaramay, tomoq kasalliklarini davolashdan ko‘ra oldini olish yaxshiroq.

Virusli va bakteriyali yuqumli kasalliklar tez yuqadi, shuning uchun eng yaxshi profilaktika gigiyenaga e'tibor berishdir.

Sog‘lom turmush tarzi organizmning yuqumli va boshqa kasalliklarga kurasha olishining yuqoriroq qobiliyatini ta'minlashga yordam beradi.

Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Qo‘llashdan avval yo‘riqnomani o‘qib chiqing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing.

Mahsulot sertifikatlangan. Septolete total pastilkalari № 01776/06/16, Septolete total sprey № 01777/06/16

Qo‘llanilishi: yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va antiseptik davolash sifatida tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i va milklarni ta'sirlanishi, gingivitda, faringitda va laringitda ishlatiladi. 6 yoshdan katta bolalarga tavsiya etiladi.

Tarkibi. 1 pastilka saqlaydi: 3 mg benzidamin gidroxloridi va 1 mg tsetipiridiniy xlorid. 1 doza/0,1 ml sprey saqlaydi: 0,15 mg benzidamin gidroxlorid va 0,5 mg tsetilpiridiniy xlorid.

Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d., Novo mesto, Sloveniya

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: