Dubayda o‘yin ko‘rinishidagi bir milliard dollarlik mehmonxona qurilmoqda

Jahon 23:29 / 21.02.2018 23725

Ko‘chmas mulk sohasida megaqimmat loyihalarga qiziqishi bilan ma'lum bo‘lgan Dubayda milliard dollarlik mehmonxona – Royal Atlantis Resort & Residences qurilmoqda. Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashadigan majmua jyeng deb nomlanuvchi o‘yin bloklaridan tuzilganga o‘xshaydi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.   

Mehmonlar uchun nomerlar va apartamentlarga ega o‘ta zamonaviy majmua 2019 yil oxirida ochilishi kerak. 43 qavatli bino 2-3 qavat balandlikdagi alohida bloklardan tashkil topadi. Majmuada 231 ta kvartira bo‘ladi. Ularning narxi 1,9 mln dollardan boshlanadi. 

O‘ziga bunday katta pulni sarflashga ijozat bera olmaydiganlarga mehmonxona nomerlar taklif qilmoqda. Bunday nomerlardan deyarli 800 ta mavjud. Majmua mehmonlari ixtiyoriga uning turli qismlarida joylashadigan spa-salonlar, trenajyor zallari, restoranlar hamda 90 taga yaqin suv havzasi hamda xususiy plyaj taqdim qilinadi. Majmua sun'iy orol Palm Jumeyrada qurilayotgan bo‘lib, uning oynalaridan sohil bo‘ylab joylashgan baland binolar va mehmonxonalarga ajoyib manzara ochiladi.

Majmua direktori Osom Galadariyning aytishicha, Royal Atlantis amirlikning eng tantiq fuqarolari uchun ham qimmatbaho ko‘chmas mulk haqidagi tasavvurni yangi darajaga olib chiqadi.

Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences
Foto: Royal Atlantis Resort & Residences

 

Ko‘proq yangiliklar: