O‘zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish fabrikasi quriladi

O‘zbekiston 08:07 / 20.02.2018 11601

O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlanadi, u 2018 yilning dekabr oyida ish boshlaydi. Bu haqda «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar bergan.

Loyiha qiymati - 2 million dollar. U xitoylik investorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Loyiha 50 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Uyushma raisi Bahrom Sharipovning aniqlik kiritishicha, bahorda bargning uchi, kuz mavsumida esa barglar butun yig‘ib olinadi. 2019 yilda har gektar tutzordan 52.5 tonna tut bargi yig‘ib choy tayyorlash rejalashtirilgan. Ana shunda eksport hajmi 1.4 million dollar bo‘lishi kutilmoqda. Kelgusi yildan aholi salomatligi uchun foyda bo‘lgan bu mahsulot ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: