Ulug‘nor tumanida joriy yil maktabgacha ta'lim tizimiga 4 milliard 26 million so‘m ajratildi

O‘zbekiston 12:16 / 20.02.2018 6639

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qaror va farmonlariga asosan maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilandi.

Jumladan Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida ham mazkur tizimni tubdan isloh qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlari olib borilmoqda.

2017 yil yakuni bo‘yicha tuman mahalliy byudjyetidan tumandagi 13 ta maktabgacha ta'lim muassasalariga jami 3 mlrd. 964 mln. so‘m mablag‘ sarflangan. Shundan ish haqi xarajatlari uchun 2 mlrd. 455 mln. so‘m, oziq-ovqat xarajatlari uchun 326 mln. so‘mdan ortiq, joriy va mukammal ta'mirlash xarajatlari uchun 420 mln. 730 ming so‘m miqdorida mablag‘lari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur sohada amalga oshiriladigan islohatlarning amaliy natijasi sifatida joriy 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalariga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini ko‘paytirgan holda, yumshoq va qattiq jihozlar jumladan, yotoq anjomlari bilan ta'minlash ishlariga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini 1.5 barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu maqsadlarga 112 mln.so‘m miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

2018 yil 1 fevraldan 1 bola uchun oziq-ovqat xarajatlari uchun amaldagi SanPin me'yorlaridan kelib chiqqan holda ajratiladigan mablag‘ miqdori oshirilib, tuman xokimligi rahbarligida tuzilgan jamoat ishchi guruhlari tomonidan bolalar uchun tayyorlanayotgan ovqatlar hamda maxsulotlar sifatini nazorat qilish mexanizmi joriy etildi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalarini (tomlarini, xojatxonalarini, qo‘rg‘on devorlarini) joriy ta'mirlash ishlariga 15 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, tumanda 1 ta ta'lim muassasasini qayta qurish ishlariga investitsiya dasturiga asosan 900 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, Yangi baliqchi qishlog‘ida zamonaviy ta'lim muassasasi qurilishi, shuningdek Ovulmat qishlog‘ida joylashgan ta'lim muassasasini joriy yilda mukammal ta'mirlash ishlariga 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun badal to‘lovlari tabaqalashtirilib kamaytirilganligi, muassasalarning tarbiyachi va pedagog xodimlari oylik ish haqlarini to‘lash tartibini takomillashtirilishi ta'lim muassasalarining qamrovini kengaytirilishiga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: