Qozog‘iston prezidenti lotin yozuvi asosidagi yangi qozoq alifbosini tasdiqladi

Jahon 09:40 / 20.02.2018 9092

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosining lotin yozuvi asosidagi yangi versiyasini ma'qullovchi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

2017 yilning oktabrida Nazarboyev qozoq tili alifbosini 2025 yilgacha lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tkazish haqida farmonni imzoladi. O‘shanda 32 harfdan iborat bo‘lgan lotin grafikasidagi qozoq tili alifbosi tasdiqlandi. Ammo ko‘plab mutaxassislar va oddiy fuqarolarning fikriga ko‘ra, unda o‘qish hamda yozishni qiyinlashtiradigan ajratish belgilari ko‘p qo‘llangan.

Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi alifbo ham 32 harfdan iborat bo‘lib, unda ajratish belgilari soni kamaygan va digraflar (sh, ch) kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: