AQSh Ukrainani «Maydan va'dalarini bajarishga» chaqirdi

Jahon 10:53 / 20.02.2018 8619

AQSh Davlat departamenti Maydan hodisalari yuz bergan kunda Ukraina hukumatiga murojaat qilib, islohotlarni o‘tkazishda davom etishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Ukraina so‘nggi yillarda juda ko‘plab muhim qadamlarni qo‘ydi, biroq Maydan va'dalarini bajarish hamda Ukraina salohiyatini amalga oshirish uchun yana ko‘p ish qilish kerak. Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina yetakchilarini chuqur, keng ko‘lamli va dolzarb islohotlarni amalga oshirish uchun sa'y-harakatlarni ikki barobarga kuchaytirishga chaqiradi. Bu barqaror, demokratik, farovon va erkin mamlakatni qurish uchun kerakdir», - deyiladi Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning bayonotida.

Uning shuningdek ta'kidlashicha, Amerika hukumati «Ukraina Yevropani tanlaganidan» faxrlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyani “demokratiyani sindirish” harakatlarida aybladi va Rossiya bayrog‘i “hech qayerda osilmasligi lozimligi” haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: