ADWEEK haftaligi: ismlar, mavzular, sanalar

O‘zbekiston 08:13 / 20.02.2018 5757

28 fevral kuni soat 10:00da tashkilotchilarning kirish so‘zi bilan ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligi doirasida tashkil etilgan maxsus konferensiya o‘z ishini boshlaydi.  Keng qamrovli dasturlar 3 bo‘limdan iborat: reklama, marketing, digital marketing (raqamli marketing).

ADWEEK Marketing konferensiyasi marketing, reklama, mualliflik huquqi, patentlash huquqi, internet marketingning amaliy jihatlarini o‘rganuvchi chet el va mahalliy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda ishtirok etish - xususiy biznesni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish va rivojlantirish haqida ko‘proq ma'lumotlar olish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Quyida Konferentsiyaning ayrim ma'ruzachilari mavzulari keltirilgan: 

  • Aleksandr Konev, myTarget (Rossiya, Mal.RuGroup) marketing bo‘limi boshlig‘i «Internet-reklama trendlari» mavzusidagi ma'ruzasi bilan.
  • Valentina Dubrovskaya, O‘zbekiston Respublikasi Hususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishva raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Raqobat muhitini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi «Reklama sohasidagi adolatsiz raqobat» mavzusida nutq so‘zlaydi.
  • Olga Kuznetsova, «Yandeks» MChJ (Rossiya) loyihalar bo‘yicha menedjyeri, «Internet-marketing.  Buguni va kelajagi» mavzusini yoritib beradi.
  • Dilafruz Jiyranova, Unitel  MChJ (VeonGroup) digital marketing bo‘yicha mutaxassis, Digital: imkoniyatlar, vositalar, bashoratlar
  • Ravshan Ibragimov, MediaDirectionGroup (partofOmnicom) uyushmasi MSA xodimi, Media iste'molini o‘rganish
  • Botir Latipov, RA ProspectMedia Agency direktori, Digital vidjyet reklama vositasi sifatida
  • Ikrom  Mamajanov, RA Railway Media direktori, Sizning 7000 km.lik reklamangiz

Shuningdek, anjumanda «Reklama sohasidagi huquqiy boshqaruv va taqiqlar», «Ijtimoiy tarmoqlardagi muhim ish yuritish vositalari», «Ortiqcha va giperta'minlangan foydalanuvchilar davrida brending o‘z o‘rniga ega bo‘lishi haqida», «Reklamangizning 7000 kilometri», «Sayt konversiyasini qanday oshirish mumkin.  Keyslar tahlili» va boshqa shu kabi mavzular o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: