Ukraina Rossiyaga aviadvigatellar yetkazib berishdan bosh tortdi

Jahon 18:38 / 19.02.2018 9215

Ukraina hukumati Rossiyaga yo‘lovchi samolyotlari uchun D-436 dvigatellari yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda «Moskovskiy komsomolets» Rossiya sanoat vaziri o‘rinbosari Oleg Bocharovga asosan yozmoqda.

«Afsuski, Ukraina hukumati fuqarolik maqsadlari uchun 436-dvigatelni yetkazib berishni taqiqladi», - deya aytib o‘tdi Bocharov.

Aniqlik kiritilishicha, D-436 dvigatellari Ukrainaning eng yirik dvigatelsozlik kompaniyasi «Motor Sich» tomonidan ishlab chiqariladi. Ayni damda D-436 dvigatellari An-148 samolyotlarida o‘rnatilib, ular Voronej aviasozlik zavodida yig‘iladi.

Ko‘proq yangiliklar: