Tojikistonda militsiya xodimlariga ingliz tilini o‘rganish majburiyati qo‘yildi
Tojikistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga ingliz tilini o‘rganish va xorijiy sayyohlar bilan muloqot qilishda odob-axloq normalariga rioya etish majburiyati yuklatildi.
Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlarida ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha kurslar tashkil etildi, deb xabar bergan Tojikiston Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Umarjoni Imomali.
«Vazir barchaga chet elliklar bilan muloqot qilish odobini o‘rganish va ingliz tilini o‘qish haqida topshiriq berdi. Mashg‘ulotlar ma'lum bir kunlar va soatlarda jadval asosida o‘tkazilmoqda hamda xodimlar bo‘sh vaqtlarida ularga tashrif buyurishi kerak. Bizning xodimlarning aksariyati rus tilini bilishadi va, albatta, ular nafaqat so‘zni tushunishlari, balki ingliz tilida sayyohlar bilan ham muloqot qilishsa ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi», - deya aytib o‘tdi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi vakili.
Tojikiston hukumati so‘nggi yillarda mamlakatni sayyohlik uchun jozibador qilishga intilmoqda. Shu maqsadda o‘tgan yili yangi tuzilma - Tojikiston Respublikasi hukumati qoshida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi. Imomali Rahmon esa 2018 yilni Sayyohlik va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili deb e'lon qildi.
Mavzuga oid

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

15:16 / 02.03.2025
Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tiliga aylantirdi

21:19 / 28.02.2025
WSJ: Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tili sifatida e’lon qilmoqchi

17:17 / 22.01.2025