Tojikiston hukumati respublikadagi eng yirik oltin-ruda korxonasi aksiyalarini 1 dollarga sotib oldi

Jahon 11:30 / 19.02.2018 12874

Xitoyning «Tszinfen» konchilik kompaniyasi Tojikiston hukumatiga «Zarafshon» qo‘shma korxonasi ustav kapitalidagi o‘zining 5 foizlik ulushini ramziy narxga – 1 dollarga sotdi.

Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon 5 fevral kuni Davlat mulk qo‘mitasi rahbari Farrux Hamralizodaga mamlakat hukumati tomonidan «Tszinfen» bilan «Zarafshon» QK ustav kapitalidagi 5 foizlik ulushini Tojikistonga o‘tkazish haqida kelishuv imzolash vazifasini topshirdi.

Xabar berilishicha, kelishuvga erishilgandan so‘ng Tojikistonning mamlakatda oltin qazib olish bo‘yicha eng yirik QK ustav kapitalidagi ulushi 7,3 mln dollarni tashkil etadi, yoki ustav kapitalning 30 foizi, Xitoyning Zi jin Mining kompaniyasiga esa – taxminan 17 mln dollar (70%).

«Zarafshon» qo‘shma korxonasi 1994 yilda sobiq Tojikiston oltin-ruda kombinati bazasida tashkil etilgan. Qo‘shma korxona nazorat to‘plami aksiyalari dastlab Britaniyaning «Commonwealth & British Mineral Ltd» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. 2007 yilda nazorat to‘plami Xitoyning oltin qazib oluvchi kompaniyasi tomonidan sotib olindi.

Korxona xomashyo bazasi «Tarror», «Jilau», «Xirsxona» va «Olimpiya» hamda So‘g‘d viloyati Panjikent tumanidagi kichik konlardan iboratdir.

Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda taxminan 5 tonna sariq metall qazib olingan.

Ko‘proq yangiliklar: