Shvetsiyada mualliflik huquqlarini buzganlik uchun 6 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin

Jahon 07:50 / 19.02.2018 2906

Shvetsiya adliya vazirligi mualliflik huquqlarini buzgan holda “qaroqchilik qilgan” jinoyatchilarni qanday jazolash kerakligi haqida tavsiyalar oldi. Hukumatga mualliflik huquqlari va savdo belgilari haqidagi qonunlarning qo‘pol buzilishi tushunchasini kiritish taklif qilinmoqda. Ushbu modda bo‘yicha ayblanuvchi 6 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin. 

O‘zgartirishlar domen nomlari ko‘rinishidagi mulklarni hibsga olishga ham imkon beradi. “Oddiy” darajadagi moddalar bo‘yicha jinoyatlar sodir etishda ayblov e'lon qilinadigan shaxslarga jarima yoki 2 yilik qamoq jazosi solinishi mumkin.  

2017 yilda Shvetsiya oliy sudi qamoq jazosini o‘z ichiga oluvchi hukmlar ba'zi hollarda yumshatilishi mumkin bo‘lsa-da, mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzgan jinoyatchilarni qamoqqa olishga hech qanday qonuniy asos bo‘lmaganini qayd qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: