Joriy yilda Singapur iqtisodiyoti kutilgandan ortiq darajada byudjyet profitsitiga ega bo‘lishi tufayli har bir fuqaro 100-300 AQSh dollariga teng miqdorda bir martalik «hangbao» oladi. Bu haqda Today nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, davlat byudjyeti rejalashtirilgan mablag‘dan ortig‘i bilan oshib qolishi taxmin qilinmoqda. Shu tufayli, hukumat mamlakat fuqarolarining yillik daromadidan kelib chiqib, 100-300 AQSh dollari miqdorda bir yil davomida bir martalik ulush tarqatishni rejalashtirmoqda. Xabarda aytilishicha, yillik daromadi 28 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan fuqarolar 300 AQSh dollari, 28-100 ming AQSh dollari atrofida pul topadiganlar esa 200 AQSh dollari, 100 ming AQSh dollaridan ko‘p maosh oluvchi kishilar 100 AQSh dollari miqdorida ulush olishi belgilangan.
Ijtimoiy adolat yuzasidan ulush miqdori aholi yillik daromadiga teskari nisbatda hisoblangan. Barcha mablag‘lar joriy yil oxirida tarqatilishi nazarda tutilgan. Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, ushbu tadbirga 700 million AQSh dollari sarflanadi. Mamlakat Moliya vaziri Heng Svining ta'kidlashicha, 2017 yilda Singapur YaIM 2,1 foizga o‘sgan bo‘lib, byudjyet mablag‘ida 5 milliard AQSh dollarni temir yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga sarflash mumkin. Joriy yilgi davlat byudjyet loyihasida 2 milliard AQSh dollari tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilishga sarflanishi aytiladi.