Floridada politsiya maktablarda qotilliklar sodir etish bilan tahdid qilgan o‘smirni qo‘lga oldi

Jahon 10:35 / 19.02.2018 2934

AQShning Florida shtatida politsiya Loderxill shahrida istiqomat qiluvchi 15 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi. Bu u ijtimoiy tarmoqlarda Brouard okrugidagi qator maktablarda qotilliklar sodir etish bilan tahdid qilganidan so‘ng yuz berdi, deyiladi sherif matbuot relizida.

16 fevral kuni politsiya xodimlari Instagram’dagi post haqida ma'lumot olishgan. Unda muallif maktablarda qotilliklar amalga oshirish niyatida ekanini aytgan va ro‘yxatni taqdim etgan. Politsiyachilar bir kun ichida gumonlanuvchi qayerda ekanini aniqlashdi hamda uni qo‘lga olishdi.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs qilmishidan afsusda ekanini bildirib, faqat o‘zining amakivachchasini qo‘rqitish niyatida bo‘lganini aytgan.

O‘smirga uchinchi darajadagi jinoyat bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevralda Florida shtatidagi “Mardjori Stounman Duglas” maktabida 19 yoshli Nikolas Kruz tomondan sodir etilgan otishmada 17 kishi halok bo‘lgandi, 15 kishi jarohat oldi. Qotil maktabning sobiq o‘quvchisi bo‘lib, intizomni buzgani uchun maktabdan chetlatilgan bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: