Eron TIV rahbari AQShning Suriyadagi harakatlarini istilo deb atadi

Jahon 13:35 / 19.02.2018 5253

Eron TIV rahbari Javod Zarifning ma'lum qilishicha, AQSh Suriyada yangi istilo to‘lqinini boshladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat hamon siyosiy yechimga muhtoj bo‘lib turibdi. Rossiya va Eron to‘rt yildan beri shunga intilmoqda, deya ta'kidlab o‘tgan vazir.

«Biz barcha xalqaro anjumanlarda Suriyada faqat siyosiy yechim mumkin ekanini ma'lum qilib kelmoqdamiz. Umid qilamanki, terrorchilar yirik mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng bu g‘oya asta-sekin tushunilmoqda. Biz bu siyosiy yechimni boshlashimiz lozim, biroq istiloning yangi to‘lqini, xorijiy intervensiyani, ayniqsa AQSh tomonidan ko‘rmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Zarif.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Myunxenda o‘tayotgan xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan Eronga tegishli pilotsiz boshqariluvchi uchar qurilmani namoyish etar ekan, Tehronni Isroilning sabrini sinamaslikka chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: