Ahmadboyga qachon hukm o‘qilishi noma'lum qolmoqda 

O‘zbekiston 13:03 / 19.02.2018 43300

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida sudya Dilshod Komilov raisligida chinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong chiqargan Ahmadjon Tursunboyev va uning 6 nafar jinoiy sheriklari ustidan mahkama jarayoni davom etmoqda. 2017 yil 2 avgustida boshlangan sud majlisida sudlanayotganlar JKning 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yo‘l bilan olish yoki sotish), 188-moddasi (davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad ko‘rish), 189-moddasi (Savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

2018 yil 16 fevral kuni sudlanuvchilarning barchasiga sudga raislik qiluvchi D.Komilov so‘ngso‘z imkoniyatini taqdim etgan, shundan so‘ng sud maslahatga kirib ketgan edi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, sud hukmi 19 fevralda e'lon qilinishi kutilgandi. Ammo hozircha, sud hukmi qachon o‘qilishi muddati noma'lumligicha qolmoqda.

Youtube'da ko‘rish

 

Mover.uz'da ko‘rish

Ko‘proq yangiliklar: