Afg‘oniston hukumati Tojikiston bilan chegarada Xitoy harbiy bazasi qurilishini rad etdi

Jahon 15:37 / 19.02.2018 7988

Afg‘oniston xavfsizlik kengashi maxsus bayonot bilan chiqdi, unda Tojikiston bilan chegaradagi Badaxshon viloyatida XXR yordamida harbiy baza qurilayotgani haqidagi ma'lumot rad etildi.

«Xorijiy davlatlarning Afg‘oniston bilan harbiy hamkorligi yoki ularning harbiy jihatdan Afg‘onistonda bo‘lishi mamlakat prezidenti, xavfsizlik kengashi va afg‘on parlamentining tasdiqlovisiz yuz berishi mumkin emas», - deyiladi bayonotda.

Afg‘oniston xavfsizlik kengashidan ta'kidlanishicha, «Xitoyning Afg‘onistonda harbiy jihatdan bo‘lishi ushbu mamlakat hukumati bilan muhokama etilmagan».

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Pekin va Kobul Xitoy hamda Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Badaxshon viloyatida Xitoyning harbiy bazasini qurish haqida kelishuvga erishgani borasida xabarlar tarqatlgandi.

Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Tsyan bu ma'lumotni rad etdi «Xitoy go‘yoki Afg‘onistonda harbiy baza qurayotgani haqidagi masala haqiqatdan yiroq», - deya ma'lum qilgan u.

 

Ko‘proq yangiliklar: