Hoshiyasiz Xiaomi Mi MIX 2S smartfoni namoyish etildi

Fan-texnika 21:10 / 18.02.2018 24182

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Xiaomi Mi MIX 2S smartfoni ishtirokidagi ilk videorolik taqdim etildi. Unda yangi qurilma boshqaruv tizimidagi ba'zi jihatlarini iPhone X'dan olganini ko‘rish mumkin. 

Namoyish etilgan kadrlarga qaraganda, yangi Mi MIX 2S dunyoning eng hoshiyasiz smartfoni bo‘ladi. Displey smartfon yuzasining 97 foizini egallagan. 

Frontal kamera uchun ekranning o‘ng tomon yuqori qismida kichik o‘yma qilingan, suhbat dinamikasi ham yuqoriga joylangan. Biroq bu gadjyetda ikki asosiy kamera va daktiloskopik skaner yo‘q. 

Model Android 8.0 Oreo operatsion tizimi bilan ta'minlangan. Qurilma asosida top sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va Adreno 630 grafik tezlatgichi yotadi.

Xiaomi Mi MIX 2S smartfoni 8 Gb operativ va 256 Gb doimiy xotiraga ega. Asosiy kamera 12 Mp'ga mo‘ljallangan.

Shuningdek keyinchalik smartfon yangi ilg‘or elementlar bilan jihozlanishi haqida ma'lumot berildi. 

Ko‘proq yangiliklar: