Mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyotini keng targ‘ib qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi qabul qilindi

O‘zbekiston 15:20 / 18.02.2018 7856

Mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan tanishtirish, o‘zbek adabiyoti tarixi, buguni va istiqboliga doir qarashlar, mamlakatda adabiyot rivoji, uni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan chet ellik soha vakillari bilan fikr almashish, respublikada milliy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash va boyitish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, 2018 yil avgust oyida Toshkent shahrida “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Mazkur Farmoyishnining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V.Akmalov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san'at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: