Meksikada vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishini tashkil qilmoqda

Jahon 00:15 / 18.02.2018 3986

Meksika ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete va Oaxaka shtati gubernatori Alexandro Murat bo‘lgan harbiy vertolyotning falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Qurbonlar orasida 2 nafar bola ham bo‘lgan. Shuningdek, bir necha kishi, jumladan Oaxaka shtati infratuzilma vaziri Fabian Errera jrohat olgan.  

Navarrete va Murat falokatda jabr ko‘rmaganlar.

Avvalroq ma'lum qilingandek, fojia 16 fevral kechki payt Xamiltepek shahrida yuz bergan. Mansabdor shaxslar Meksikada yuz bergan kuchli zilziladan jabrlangan hududlar ustidan uchib o‘tayotgan bo‘lganlar. Vertolyot 30 metrlik balandlikdan qulagan.  

UH-60 Black Hawk vertolyoti uchuvchisi qo‘nish vaqtida boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida u bir nechta avtomobillar ustiga tushgan. Vertolyot qulagach, aylanib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: