Yangi EagleRay droni ham uchishi, ham suv ostida suzishi mumkin. Shimoliy Karolina Universiteti mutaxassislari yangi tadqiqotlar o‘tkazish uchun foydalanishda yanada keng imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi amfibiya-qurilmani ixtiro qilishdi.
EagleRay XAV boshqa qurilmalardan farqli o‘laroq, zaryad olish uchun suv sathiga qo‘nishi yoki suv ostida s'yomkalarni amalga oshirish mumkin. U o‘z dizayniga ko‘ra Britaniyaning AquaMav mahsulotini yodga soladi. Qurilma uzunligi atigi 1,4 metrni tashkil qiladi. Burun qismidagi propeller atrof-muhitdagi vaziyatga qaramay, suvda ham, havoda ham harakatlanish imkonini beradi.
Bunday ko‘p qirralilik katta ustunlikka ega bo‘lish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, EagleRay batareyasining yaroqlilik muddati uning boshqa dronlardan uzoqroq ishlashini ta'minlaydi. Yangi qurilma oddiy havo droni amalga oshira olmaydigan kuzatuvlarni olib beradi, uning uzoq masofalarga parvoz qilish xususiyati esa barcha muqobillarni ortda qoldiradi.
Bugungi kunda muhandislar dron parametrlarini oshirish yoki kichraytirishga doir modifikatsiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Xususan, ular operatorga havo va suv muhitida qurilmani yanada oson boshqarish imkonini beruvchi maxsus kontrollerni ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda.