Angliya Kubogida chorak finaliga qur'a tashlandi

Sport 08:54 / 18.02.2018 14258

Angliya Kubogining 1/4 finalida qur'a tashlanib, dastlabki juftliklar ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bu bosqichda «Chelsi» «Lester Siti»ga qarshi safarda o‘ynaydi, «Manchester Yunayted» «Brayton end Xouv Albion»ni qabul qiladi. Qolgan juftliklar turnirning 1/8 finalidagi barcha uchrashuvlar yakunlangach, ma'lum bo‘ladi.

Angliya Kubogining 1/4 finali qur'asi:

«Lester» — «Chelsi»,
«Manchester Yunayted» — «Brayton»,
«Manchester Siti»/«Uigan Atletik» — «Sautgempton»,
«Sheffild Uensdey»/«Suonsi Siti» — «Rochdeyl»/«Tottenhem Xotspur».

O‘yinlar 16-18 mart kunlarida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: