«Tojiktelekom» davlat internet-provayderi mamlakat provayderlari va uyali aloqa kompaniyalariga internet-trafikning yagona sotuvchisi bo‘ladi, deb xabar qilmoqda tojik OAV.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ilgari provayderlar internetni qayerdan sotib olishni o‘zlari tanlashlari mumkin edi - Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Xitoydan. Endi bu ishni qilish taqiqlangan.
Davlat internet-provayderi rahbariyatining fikricha, hech qanday qonun buzilayotgani yo‘q va faqat hukumatning «Yagona kommutatsiya aloqa markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq harakat qilishmoqda. Uning orqali mamlakatda barcha trafik kechishi kerak.
Tojikiston hukumati milliy xavfsizlikni ta'minlash va terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurashish uchun 2016 yil boshida Yagona kommutatsiya aloqa markazini tashkil etishga qaror qildi. Markaz mamlakat byudjyetiga 50 million dollarga tushdi va hukumat hamda maxsus xizmatlarga mamlakatda barcha aloqa turlarini nazorat etish uchun deyarli cheksiz imkoniyat yaratdi. Maxsus xizmatlar bevosita suhbatlarni tinglashlari, Internet-trafikni kuzatishlari va monitoring qilishlari hammda kompaniyalar va individual foydalanuvchilarni o‘z xohish-irodalarini tanlab o‘chirishlari mumkin. Biroq, provayderlarga «Tojiktelekom»dan tashqari boshqa trafikni sotib olishga taqiq joriy etish haqida avval so‘z yuritilmagan.
Tojikiston provayderlari va uyali aloqa kompaniyalari vakillari vaziyatni izohlashdan bosh tortishmoqda. Biroq ularning aytishicha, endi hech narsani o‘zgartirishning imkoni yo‘q.