Rojyer Federerga “Tarixdagi eng keksa 1-raqamli” unvoni topshirildi

Sport 13:15 / 17.02.2018 10789

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer Niderlandiyaning Rotterdamdagi musobaqaning yarim finaliga chiqa olgandan keyin Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingining 1-o‘rniga ko‘tariladi.
  
16 fevralda tennischi musobaqaning chorak finalida uchta setda niderlandiyalik Robin Xasni mag‘lub etdi. Shu tariqa 36 yoshli shveysariyalik 19 fevralda e'lon qilinadigan ATP’ning yangi reytingida o‘ziga eng yuqori pog‘onani kafolatlab qo‘ydi. Ayni vaqtda reytingga ispaniyalik Rafael Nadal boshchilik qilmoqda.

Federer tennis tarixida ATP reytingida yetakchilik qilgan eng yoshi katta tennischi bo‘ladi. Avvalroq bu nomga afsonaviy Andre Agassi ega edi. Agassi 2003 yilda 33 yoshida reytingga yetakchilik qilgan.

Reyting 1973 yildan beri tuzib kelinadi.

Federer “Katta dubulg‘a”ning 2018 yildagi birinchi musobaqasi – Australian Open finalida xorvatiyalik Marin Chilichni mag‘lub eta oldi. Rojyer shu g‘alaba evaziga “Katta dubulg‘a”dagi 20-musobaqani yutdi.  

Ko‘proq yangiliklar: