Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Pavel Durov tomonidan asos solingan Telegram messenjeri loyihasiga 300 mln dollar sarmoya kiritdi. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi o‘z manbalariga asosan xabar bermoqda.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Roman Abramovich sarmoyalar kiritishga huquq olgan ilk rossiyaliklardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, mashhur messenjerning rossiyalik investoriga Qiwi kompaniyasi rahbari Sergey Solonin aylandi. Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, u 17 mln dollar yo‘naltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes ilk bor Pavel Durovni dollarli milliarder deb atagandi.