Meksikada IIV rahbari va shtat gubernatori bo‘lgan vertolyot quladi

Jahon 10:57 / 17.02.2018 6922

Meksikada mamlakat ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete va Oaxaka shtati gubernatori Alexandro Murat bortida bo‘lgan vertolyot quladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, har ikki amaldor omon qolgan, ularning holati qanday ekani noma'lum.

Vertolyot zilziladan jabrlangan hududlarni ko‘zdan kechirish maqsadida parvoz qilgan hamda 30 metrlik balandlikdan avtomashina ustiga qulagan.

Xabar qilinishicha, bir necha kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: