ExxonMobil Boku-Tbilisi-Jyeyxan neft quvuri aksiyadoriga aylandi

Iqtisodiyot 01:00 / 17.02.2018 5903

AQShning ExxonMobil kompaniyasi Boku-Tbilisi-Jyeyxan neft quvurini boshqaruvchi BTC Co. kompaniyasi aksiyadorlari tarkibiga kirdi. 

ExxonMobil CIECO kompaniyasidan 2,5 foiz aksiya sotib olgan. Ma'lum qilinishicha, bitim amalga oshirilgan. 

Quyidagi kompaniyalar neft quvuri loyihasini amalga oshirish uchun 2002 yil avgustida ta'sis etilgan BTC Co. kompaniyasining aksiyadorlari hisoblanadi: BP (30,1 foiz), AzBTC (25), Chevron (8,9), Statoil (8,71), TRAO (6,53), Eni (5), Total (5), Itochu (3,40), Inpex (2,5), ExxonMobil (2,50) va ONGC (2,36).

Neft quvurining umumiy uzunligi 1786 kmni tashkil qiladi, undan 443 kilometri Ozarboyjon, 249 kilometri Gruziya va 1076 kilometri Turkiya hududidan o‘tadi. Quvurning qurilishi 2003 yil aprelda, neft bilan to‘ldirilishi 2005 yil 18 mayda boshlangan. 

Neft quvurining o‘tkazish quvvati kuniga 1,2 mln barrelni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: