Boeing 2020 yilgacha har 10 soatda bitta samolyot ishlab chiqarmoqchi

Fan-texnika 23:35 / 17.02.2018 8017

Boeing 2020 yilgacha har 10 soatda bitta samolyot ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Dennis Muilenberg aytdi. Uning ta'kidlashicha, hozirda kompaniyada samolyotlar juda yuqori sur'atlarda ishlab chiqarilmoqda, biroq ishlab chiqarishni yanada oshirish rejalashtirilmoqda.     

Aslida Boeing istayotgan natijaga erishish uchun uncha ko‘p narsa kerakmas. O‘tgan yil kompaniya buyurtmachilarga 763 ta, ya'ni har 11,5 soatda bitta samolyot yetkazib bergan. Istalayotgan ko‘rsatkichga chiqish uchun kompaniya 2020 yilgacha ishlab chiqarish hajmini yana 137 ta samolyotga ko‘paytirishi kerak. Bu joriy ko‘rsatkichdan 18 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.       

Muilenbergning prognoz qilishicha, joriy yilda 810-815 ta samolyot ishlab chiqariladi. 

Boeing rahbarining ma'lum qilishicha, aviatashuvlar hajmi har yili 6-7 foizga oshmoqda. Uning aytishicha, bu holat 20 yildan keyin aviakompaniyalar parklari 2 barobarga ko‘payishiga olib keladi. Bu esa 41 mingta yangi samolyot ishlab chiqarish kerakligini anglatadi. Bu talabning katta qismini qo‘lga kiritish uchun kompaniya ishlab chiqarish hajmini oshiradi.      

Ko‘proq yangiliklar: