O‘zbekistonlik telegramchilar o‘sish sur'atlari bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi 

Fan-texnika 11:48 / 16.02.2018 14820

2017 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Telegram foydalanuvchilari soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqdi, Eron va Malayziya birinchi hamda ikkinchi pog‘onada turibdi.

O‘zbekistonda messenjer atrofida kanallar va botlardan iborat muvaffaqiyatli biznes-arxitektura paydo bo‘lgan.

Telegram o‘z yetakchilik pozitsiyalarini shu darajada mustahkamlaganki, hattoki qator davlat tuzilmalari bu yerda o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida @mehnatbot bor; O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qo‘llaniluvchi blankalarni olish mumkin bo‘lgan @PassportInfoUz_Bot’ni ishga tushirdi.

Mamlakat prezidentida o‘z rasmiy kanali bor, u yerda respublika rahbarining siyosiy hayoti haqidagi yangiliklar tezkorlik bilan berib boriladi.

Xususiy sektor ham ortda qolayotgani yo‘q, ommaboplar orasida: «GO TAXI» taksi buyurtma berish uchun boti; @CLICKUZ’dan internet-banking; MyTaxi Express orqali ovqat yetkazib berish va boshqalar bor.

@Workis_bot esa xodimlar va ish qidirish bo‘yicha birinchi servisga aylandi.

Agarda bunga onlayn-do‘konlar qo‘shiladigan bo‘lsa, bugungi kunda Telegram orqali o‘tayotgan pullar miqdori ancha ko‘p ekanini ko‘rish mumkin.

Bu yerda gap faqat ommabop kanallar yordamida pul olishga aloqador reklama modeli haqida ketayotgani yo‘q. Kompaniyalar biznesni botlar yordamida to‘laqonli servis atrofida qurishmoqda.

O‘zbekiston uchun Telegram Wechat’ga o‘xshash servisga aylanib bo‘ldi: auditoriya o‘smoqda, biznes esa messenjerning barcha o‘ziga xos jihatlaridan foydalanishga o‘rganmoqda.

O‘zbekistondagi biznes-amaliyotda hujjatlarni: shartnomalar, prayslar, tijorat takliflari, anketalarni Telegram orqali yuborish allaqachon odat tusiga kirib bo‘ldi.

KUN.UZ sayti ham o‘z Telegram-kanaliga (@kunuzofficialega bo‘lib, bugungi kunda uning kuzatuvchilari soni 263 mingdan oshgan. Kanal UzTelegram reytingida a'zolar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. 

Ko‘proq yangiliklar: