Foydalanuvchilar iOS 11 bazasidagi iPhone’da yangi bagni aniqlashdi – telugu tilida ma'lum bir belgilar yuborilganida oluvchi smartfoni «qotib qoladi» va xabarni ochishdan bosh tortadi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Olingan belgi nafaqat iPhone xabarlari uchun mo‘ljallangan ilova ishini bloklaydi, balki WhatsApp, Facebook Messenger, iOS uchun Outlook hamda Gmail’ga xalaqit beradi. Bu muammoni shunday yo‘l bilan hal qilish mumkin – kimdandir yangi xabarni jo‘natishni so‘rash, so‘ng uni ochish va salbiy belgiga ega chatni o‘chirib tashlashga urinish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple AirPods simsiz quloqchinlari foydalanish chog‘ida portlab ketgandi.