Erdo‘g‘an va Tillerson o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: Anadolu
Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Anqaradagi prezident majmuasida o‘tgan muzokaralar matbuot uchun yopiq tarzda 3 soat 15 daqiqa davom etgan. Uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu ham ishtirok etgan.
16 fevralga Tillerson va Chavusho‘g‘luning alohida uchrashuvi o‘tishi belgilangan. Uchrashuvdan so‘ng ular ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.
Anqaradagi muzokaralarda muhokama qilingan asosiy mavzular AQShning Suriyadagi PYD/PKK terrorchilik guruhlariga ko‘mak ko‘rsatayotgani, ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek xalqaro dolzarb masalalar bo‘lgan.
Tillerson Yaqin Sharq davlatlari bo‘ylab 11 fevralda boshlagan turnesi doirasida Misr, Kuvayt, Iordaniya va Livanda bo‘ldi.
Tillerson oxirgi marta Anqaraga 2017 yil 30 martda kelgan, 10 iyulda esa Istanbulga tashrif buyurgan.
Mavzuga oid

17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi

01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda

20:55 / 23.10.2024
Anqara yaqinidagi harbiy zavodga hujum qilganlar yo‘q qilindi

11:20 / 26.05.2024