Avstraliyada mamlakatdagi eng katta suzuvchi quyosh stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 100 kVtni tashkil qiladi. Stantsiya oqova suvlarni tozalovchi korxonada o‘rnatilgan va unga 2023 yilgacha tiklanuvchi energiyaga to‘liq o‘tishga yordam beradi. Bu haqda Clean Technica xabar bermoqda.
Suzuvchi stansiya Lismor shahridagi East Lismore korxonasida joylashgan. Uning quvvati hozircha uncha katta emas, biroq kelgusida bu quvvatni 5 martaga oshirish rejalashtirilmoqda.
Oqova suvlarni tozalovchi zavod shahardagi energiyani eng ko‘p sarflovchi korxona bo‘lib, yiliga 1,57 mln kVt-soat energiya sarflaydi. Bu shaharda ishlatiladigan umumiy elektr energiyaning 27 foizini tashkil qiladi. Stantsiya obektning elektr energiyaga ehtiyojini 12 foizga qoplaydi (yiliga 178,5 ming kVt-soat) va yiliga 24 ming dollar tejashga imkon beradi. Stantsiyaga ketgan xarajatlar 11,6 yilda qoplanadi. Shuningdek, quruqlikda o‘rnatiluvchi 5 MVtli quyosh elektr stansiyasi qurish ham rejalashtirilgan.
Stantsiya past haroratlarda ishlay oladi, bu samaradorlikni oshiradi va bug‘lanishni kamaytiradi. Suzuvchi quyosh stansiyasi texnologiyasi 1200 ta qalqi (poplavok), 280 ta quyosh fotoelektr moduli va 15 ta langarni o‘z ichiga oladi.
Ayni vaqtda eng yirik suzuvchi quyosh stansiyalari Yaponiyada (13,7 MVt) va Xitoyda (70 MVt) qurilmoqda