Horizon Robotics Xitoyda 2020 yilgacha 100 mln ta aqlli kamera o‘rnatmoqchi

Fan-texnika 00:17 / 15.02.2018 6302

Xitoyning Horizon Robotics startapi asoschisi Yuy Kay avtonom transport vositalari va yuzlarni tanishda qo‘llanadigan sun'iy ong chiplarini yaratish ustida ish olib bormoqda. 2020 yilgacha u 100 mln dan ko‘proq smart-kamerani ishga tushirib, 30 mln ta avtomobilni yangi protsessorlar bilan jihozlamoqchi.

Siz Pekinda metroda yursangiz yoki Belle Holdings butigida tuflilarni kiyib ko‘rgan bo‘lsangiz, unda siz Horizon Robotics tomonidan yaratilgan yuzni tanish funksiyasi va sun'iy ong algoritmlariga ega kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan bo‘lishingiz imkoniyati mavjud. Chunki sun'iy ong chiplarida ishlovchi kuzatuv kameralari Pekin metrosining eng gavjum stansiyalaridan biriga o‘rnatilgan. 

Kameralar bir vaqtning o‘zida real vaqtda 200 ta yuzni tanishga qodir. Horizon texnologiyasi Belle Holdings butigida qancha odam butikka poyafzal sotib olgani kelishi, ulardan qanchasi poyafzalni kiyib ko‘rishi va qanchasi sotib olishini kuzatishga imkon beradi. Horizon Robotics shuningdek Germaniyanng Audi va Xitoyning Chongqing Changan kompaniyalari bilan birga avtonom avtomobillar loyihalari ustida ishlamoqda. “Bizning maqsad 2020 yilgacha 100 mlndan ko‘proq smart kamerani joriy qilish va 2025 yilgacha 30 mlnta avtomobilni bizning protsessorlar bilan jihozlashdan iborat. Xitoy personal kompyuterlar davrini o‘tkazib yubordi, biroq yangi – sun'iy ong davrida biz sun'iy ong hisoblashlari uchun chiplar va protsessorlar yarata olamiz”, deb aytgan Yuy Kay.

Horizon Robotics 1 mlrd dollar miqdorida investitsiyalar qo‘lga kiritgan va Yuy Kayning aytishicha, ishlab chiqaruvchilarga aqlli algoritmlarni ko‘plab turdagi qurilmalarga tatbiq qilishga imkon beruvchi protsessorlarni yaratgan holda “sun'iy ong davri Intel’i”ga aylanmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: