Amazon bozordagi qiymat bo‘yicha birinchi marta Microsoft’dan o‘tib ketdi

Fan-texnika 12:03 / 15.02.2018 6543

Amazon kompaniyasi bozordagi qiymat bo‘yicha birinchi marta Microsoft’dan o‘tib ketib, eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Xususan, savdolar yopilayotganda Amazon qiymati 702,5 mlrd dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, Microsoft 699,2 mlrd dollar turgan. Bir sutka ichida birinchi kompaniya aksiyalari narxi 2,6 foizga qimmatlashdi, ikkinchisiniki – 1,6 foizga.

Apple va Alphabet hamon yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bezos Amazon hisobotini e'lon qilib, 6,5 mlrd dollar ishlab olgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: