Tojikistonning O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarasida valyuta ayirboshlash punktlari ochiladi

O‘zbekiston 09:05 / 14.02.2018 10296

Tojikiston Milliy bankining So‘g‘d viloyatidagi vakolatxonasi yaqin kelajakda O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegara postlari yonida valyuta ayirboshlash punktlari ishga tushishi haqida ma'lum qildi.

TMB vakolatxonasi rahbari Navro‘z Valiyevning xabar berishicha, valyuta ayirboshlash bilan kredit tashkilotlari shug‘ullanadi. Tojikistonda xususiy valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati taqiqlangan.

Milliy bank amaldorining tan olishicha, chegara hududida ayirboshlash punktlari yo‘qligi sababli qo‘shni mamlakatlar fuqarolari valyutani qora bozorda almashtirishga majbur bo‘ladilar. Shanba va yakshanba kunlari, banklar va kredit tashkilotlari ishlamayotgan paytda, Xo‘jandda hatto dollar, yevro yoki rublni almashtirish ham qiyindir.

Navro‘z Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, banklar va kredit tashkilotlariga valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyatini kechqurun soat 10-11largacha uzaytirish topshirildi. Xo‘jand va boshqa shaharlar hamda posyolkalarda ayirboshlash punktlarining kechayu kunduzlik ishi tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: