Olimlar to‘siqlarni mustaqil chetlab o‘ta oladigan dron ixtiro qilishdi

Fan-texnika 00:30 / 14.02.2018 5724

AQShning Massachusets texnologik instituti muhandislari shaharda yoki quyuq o‘rmonda nimagadir urilib ketish xatarisiz yuqori tezlikda uchadigan uchuvchisiz parvoz qurilmasi ixtiro qilishdi. Bu haqda EurekAlert ilmiy nashri xabar bermoqda. 

NanoMap tizimi dronning atrofini o‘lchovchi chuqurlik datchiklari tizimini qo‘llaydi.  Dron ko‘rinuvchi obektlardan kelib chiqib nafaqat harakatlanishni rejalashtira oladi, balki ko‘rinish yomon bo‘lganda qanday harakatlanishni hal qila oladi. 

Dronlarning sinovdan o‘tkazilishi vaqtida konstruktorlar NanoMap bilan jihozlanmagan dronlar 25 foiz holatda, jihozlangan dronlar esa 2 foiz holatda to‘siqqa urilishini aniqlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: