Urganch shahrida 4000 kishini sig‘dira oladigan jome masjid qurilmoqda

O‘zbekiston 15:00 / 13.02.2018 19038

Xorazm viloyati markazi Urganch  shahridagi “ Oxun bobo” jome masjidi o‘tgan asrda qurilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan zamon talablariga mutlaqo javob bermaydigan ahvolga kelib  qolgandi. So‘nggi yillarda Urganch shahrining arxitektura, shaharsozlik jihatdan tamomila qaytadan qurilayotgani jome masjidini ham yangicha, zamonaviy tarzda bunyod etishni talab qilardi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 28 yanvar kuni Xorazm viloyatiga amaliy tashrifi davomida “Oxun bobo” masjidi qurilishining birinchi tamal toshini shaxsan qo‘yib, masjidning ko‘rkam, barcha talab-ehtiyojlarga javob berishini ko‘zlab, fikr-mulohazalar bildirgan edi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, deyarli bir yil muqaddam boshlangan xayrli ish nihoyasiga yetmoqda. Umumiy maydoni uch yarim gektarni egallagan masjid majmuasida namozxonlar uchun zarur bo‘lgan barcha shart–sharoitlar yaratishni ko‘zda tutib, uch yarim ming kishiga mo‘ljallangan yozgi ayvon, qabulxona, avtoturargoh, tashqi manzaralari yashil maydonlar tashkil qilinyapti.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Masjid chorburchak shaklida bo‘lib, uning qishki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostladi. Masjid yonida balandligi qirq besh metr bo‘lgan minora ham bor. Mazkur  masjid O‘zbekistondagi ana shunday eng yirik masjidlardan biri bo‘lib, me'moriy tuzilishi jihatdan o‘xshashi yo‘qdir.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Masjid majmuasining loyiha hujjatlariga muvofiq, qurilish-montaj, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. E'tiborli tomoni, qurilish jarayoniga sarflanadigan barcha xarajatlar xayriya va homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Foto: KUN.UZ

“Oxun bobo ” masjidi Ramazon hayiti kuni foydalanishga topshiriladi. Hozirda masjid binosida so‘nggi ta'mirlash, bezash ishlari amalga oshirilmoqda.
 

Xasanboy Kenjayev, 
Urganch shahar “Oxun bobo” masjidi imom-xatibi

Ko‘proq yangiliklar: