Ukaga meros qilib qoldirilgan uyda akaning haqi qanchalik?

Jamiyat 20:55 / 13.02.2018 21315

SAVOL: Men 20 yildan beri 3-kichik tumanning 1-uy, 15-xonada yashayman va shu uyning soliq va kommunal to‘lovlarini amalga oshiraman. Bu uy aslida otamning nomida. Otam vafot etgan. Vafotidan oldin ukamga meros xatini yozib qoldirgandi, lekin men ukamga shu uyni narxida yetarli pul berib, hali rasmiylashtirmagan edim. Hali ham uy ukamning nomida, menga berish niyati yo‘q, bu masalada qayerga murojaat qilsam bo‘ladi? Uyni o‘z nomimga rasmiylashtira olamanmi?

Alibayev Bunyod Rahmatullayevich.

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1120-moddasiga asosan, fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e'tirof qilinadi.

Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim.

Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:

  • notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
  • notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
  • yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi qonunining 39-moddasiga asosan, amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: