Tramp va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Jahon 00:00 / 13.02.2018 26552

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

«Men hozirgina Amerika qo‘shma shtatlari prezidenti janob Tramp bilan muloqot qildim», — degan Putin Falastin rahbari Maxmud Abbos bilan uchrashuv vaqtida.

Putin ushbu muloqotda Tramp bilan Falastin-Isroil masalasini muhokama qilgani haqida gapirgan.

«Undan sizga eng yaxshi tilaklarni yetkazaman», — degan Rossiya prezidenti.

O‘z navbatida, Donald Tramp Rossiya rahbariga Moskva viloyatida 11 fevral kuni An-148 samolyoti halokatga uchrashi munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

«Saratov avialiniyalari»ga tegishli samolyot Moskvadan Orskka uchish vaqtida Podmoskoveda qulab tushdi. Uning bortidagi 71 kishining barchasi halok bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: