Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish uchun 1,6 mlrd dollar so‘ramoqda

Jahon 09:49 / 13.02.2018 5810

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati kongressdan Meksika bilan chegarada devor qurilishiga 2019 moliyaviy yil byudjyeti loyihasi doirasida 1,6 mlrd dollar so‘ramoqda. 

Ta'kidlanishicha, ma'muriyat ushbu mablag‘ni Texasning janubida Meksika bilan chegarada 104 kmlik devor qurish uchun so‘ramoqda.   

2019 moliyaviy yil AQShda 2018 yil oktabrda boshlanadi. 

Avvalroq Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelli Meksika bilan chegarada devor qurilishi AQShga 20 mlrd dollarga aylanishini ma'lum qilgandi, biroq Tramp hamon ushbu qurilish uchun Meksikani haq to‘lashga majbur qilishga umid qilmoqda.   

Meksika bilan chegarada meksikaliklar hisobiga devor qurdirish va erkin savdo haqidagi NAFTA kelishuvini qayta ko‘rib chiqish Trampning asosiy saylovoldi va'dalaridan bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: