Range Rover gibridi 999 ta tik pillapoyani bosib o‘tdi
Range Rover gibridi 999 ta tik pillapoyani bosib o‘tdi

Range Rover Sport yo‘ltanlamasining gibrid versiyasi Xitoydagi Tianmen tog‘idagi qiyaligi 45 gradusni tashkil etuvchi, 999 ta pillapoyadan iborat «Osmon darvozasi» arkasiga chiqib bordi, deb yozadi motor.ru. Yuqoriga intilish haqidagi rolik Land Rover’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida e'lon qilindi.
Yuqoriga chiqishda yo‘ltanlamas avtomobil rulini 2017 yilgi LMP2 tasnifidagi «Le-manda 24 soat» poygasi g‘olibi, xitoylik poygachi Xo Ping Tung boshqarib borgan. Pillapoyalargacha u 99 ta muyulishdan iborat to‘g‘rining burama yo‘llarini ham katta tezlikda bosib o‘tgan.
Range Rover Sport’ning gibrid versiyasi 2017 yilgi yangilanishlardan so‘ng paydo bo‘ldi. Bunday modifikatsiya 300 ot kuchi quvvatli «turboto‘rtlik», 116 ot kuchiga ega elektr dvigatel, sakkiz diapazonli avtomatik uzutmalar qutisi, shuningdek, 13,1 kilovatt-soat sig‘imga ega litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Avtomobilning jamlangan quvvati 404 ot kuchiga teng.
Mavzuga oid

12:50 / 05.02.2025
Britaniyada atigi ikki kun avval sotib olingan Range Rover o‘g‘rilab ketildi. U so‘nggi himoya tizimi bilan jihozlangandi

23:26 / 30.08.2022
"Range Rover" avtomobilida xavfli tarzda harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

22:36 / 20.11.2019
Xitoyda Range Rover’ning 10 marta arzon turuvchi nusxasi yaratildi

21:49 / 22.03.2019