Koreya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishiga yordam beradi

O‘zbekiston 22:50 / 13.02.2018 7603

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida maslahatlashuv kengashi tashkil etiladi. Bu O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo‘lishiga yordam beradi. KUN.UZ muxbiri Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya birinchi qo‘shma yig‘ilishida berilgan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Ta'kidlash joizki, shu kunlarda Koreya rasmiylari va sarmoyachilaridan iborat delegatsiya mamlakat bosh vazir o‘rinbosari Kim Dong Yon boshchiligida O‘zbekiston tomon bilan qator muzokaralar o‘tkazmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi rahbari Jamshid Xo‘jayev 13 fevral kuni Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bugungi kunda O‘zbekistonda tashqi savdo liberallashuviga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, mazkur tashrif davomida tomonlar qisqa muddatlarda maslahatlashuv kengashini shakllantirish va O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishga kelishib olishgan. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotda kuzatuvchi sifatida qatnashib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: