AQSh kiberxavfsizlikni ta'minlash uchun 1 mlrd dollar ajratadi

Jahon 08:39 / 13.02.2018 3962

Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakat kiberxavfsizligini ta'minlash uchun taxminan 1 mlrd dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi saytida xabar berilgan.

«2019 yilgi byudjyet federal tarmoqlar himoyasi va kibertizimlar kamchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan tashabbuslar uchun qariyb 1 mlrd dollar, shuningdek, o‘ta muhim infratuzilmani himoya qilishga 319 mln dollar ajratilishini nazarda tutadi», - deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 1,5 trln dollarlik rejani taqdim etish niyatida ekani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: