20 yil va 16 mln dollar. Janubiy Koreyada Pak Kin Xening dugonasiga hukm chiqarildi

Jahon 17:44 / 13.02.2018 11789

Janubiy Koreyada mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasiga hukm chiqarildi. U korrupsiya va mamlakatning ichki ishlariga aralashishda ayblangan.

Ko‘p oylik sud jarayonidan so‘ng Tsoy Sun Sil 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 18 mlrd Janubiy Koreya voni (taxminan 16,56 mln dollar) miqdorida jarima to‘lashi belgilab qo‘yildi.

Lotte Group xalqaro korporatsiyasi rahbari Don Bin ham bu ishda ayblanuvchi bo‘lgan, u Silning fondlaridan biriga biznes yuritish uchun qulay shartlar olish evaziga taxminan 6,44 mln dollar o‘tkazib bergan. U korrupsiyada aybdor deb topildi hamda 2,5 yilga qamaldi.

Ayni damda Pak Kin Xening o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar soni 20 taga yetdi, ular orasida korrupsiya, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash, mansabini suiiste'mol qilish bor. Tergovchilarning fikricha, Pak o‘z dugonasi yoki yordamchilari bilan o‘zlashtirib yuborgan, yoki bemaqsad foydalanishlariga yo‘l qo‘yib bergan mablag‘lar umumiy miqdori taxminan 38 mln dollarga teng.

Ko‘proq yangiliklar: