Qing‘ir yo‘lga yetaklagan aka

Jamiyat 19:09 / 12.02.2018 22322

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2017 yil 14 avgust kuni Shayxontohur tumani Oqsoy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan M.M.ga tegishli bo‘lgan «Toyota Land Cruiser» rusumli avtomashinasi saloni ichidan noma'lum shaxs tomonidan  pullari, plastik kartochkasi va zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasi o‘g‘irlab ketilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasi 21-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. o‘zining tug‘ishgan, voyaga yetmagan ukasi bilan sodir etganligi aniqlanib, Sh.A. qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: