Hind startapi bir quvvatlanishda 200 km yura oladigan elektromototsikl taqdim qildi

Fan-texnika 21:37 / 12.02.2018 9105

Hindistonning 25 kishidan iborat Emflux startapi 18 oy davomida tez yuruvchi, ishonchli va arzon sport elektromototsiklini yaratish ustida ish olib bormoqda. Kompaniyada aytilishicha, ularni bugungi kunda bozordagi takliflar – na tayyor elektromototsikllar, na ularga butlovchi qismlar qoniqtiradi. Shu sababli kompaniya barchasini deyarli noldan boshlashga qaror qilgan.

Motosikl negizida 80 ot kuchiga ega elektrodvigatel yotadi. U 9,7 kVt-soatli litiy-ion batareyadan quvvatlanadi. Buning evaziga mototsikl maksimal 200 km/soat tezlikkacha tezlasha oladi hamda bir quvvatlanishda 200 km yo‘l bosa olishi mumkin. Motosikl 100 km/soatga 3 soniyada erisha oladi va bu uni sport qurilmasi deb hisoblashga ijozat beradi. Tez quvvatlash tizimi evaziga akkumulyatorni 36 daqiqada 80 foizga quvvatlash mumkin. Biroq ushbu mototsiklning raqobatchilaridan asosiy farqi uning narxi bo‘lishi mumkin.

Foto: Emflux
Foto: Emflux
Foto: Emflux
Foto: Emflux
Foto: Emflux

Emflux’da mototsikl 10 ming dollardan qimmat bo‘lmasligi aytilgan. Bu Yamaha yoki Honda’ning benzinda yuruvchi sport mototsikllaridan ancha arzon turadi va umuman, elektromototsikllar bozoridagi tendensiyalarga mos kelmaydi – bu sektorda odatda narxlar baland yuradi.

Biroq hozircha mototsikl haqida biror xulosa chiqarish qiyin. Bugungi kunda bu mototsikl haqida uning yaratuvchilari aytgandan bo‘lak hech narsa mavjud emas. Biroq kompaniya taklifi juda jalb qiluvchi ko‘rinadi. 

Motosikl, shuningdek, eng ommaviy aloqa standartlari bilan jihozlangan, internetga chiqishga va navigatsion tizimga ega.  

Ko‘proq yangiliklar: