AQShning Turkiyadagi elchixonasi yonidagi ko‘chaga Suriyadagi harbiy operatsiya nomi berilmoqchi

Jahon 22:38 / 12.02.2018 4342

Turkiya poytaxti Anqara ma'muriyati AQSh elchixonasi qarshisidagi ko‘chani qayta nomlashga qaror qildi. Bu haqda Anqara meri Mustafo Tuna ma'lum qildi. Ko‘chaga Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi “Zaytun shoxi” nomi berilmoqchi.  

“Biz AQSh elchixonasi yonidagi Nevzat Tando‘g‘an ko‘chasini “Zaytun shoxi” ko‘chasiga o‘zgartirish bo‘yicha tegishli taklifni tayyorladik. Bu kecha biz taklifni shahar kengashiga beramiz. Jafokashlarimizning ruhlari shod bo‘lsin”, deb yozgan mer.

Ko‘cha AQSh elchixonasi shimoliy devori bo‘ylab ketgan va uzunligni 400 metrni tashkil qiladi. Ko‘chaning qayta nomlanishi rasmiy sabablari keltirilmagan, biroq taklif qilinayotgan yangi nom Anqara va Vashingtonning Suriyadagi operatsiya sababli munosabatlaridagi keskinlik tufayli berilmoqda.

Hurriyet gazetasining ma'lum qilishicha, bu qaror Turkiya AQSh Suriyada kurd jangchilariga berayotgan ko‘magiga norozilik bildirishi bilan bog‘langan.

Turkiya 20 yanvardan beri Suriyaning Afrinida kurd qurolli tuzilmalari – “Xalq mudofaasi kuchlari” va “Demokratik ittifoq” otryadlariga qarshi harbiy amaliyot olib bormoqda. Bu yerda 1,5 mln kurd va Suriyaning boshqa joylaridan kelgan qochqinlar yashaydi.

Ko‘proq yangiliklar: