Pyongchang-2018: Furkad Byoga qarshi. Bugun o‘ynaladigan barcha medallar

Sport 11:20 / 11.02.2018 7624

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan qishki olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Bugun asosiy musobaqalarning uchinchi kunida 7ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.

Hozirga qadar Snoubord turida medallar sohibi aniqlanib ulgurdi. Amerikalik Redmond Jyerrard AQShga dastlabki oltin medalni taqdim etgan bo‘lsa, keyingi ikki o‘rinni Kanada vakillari egallashdi.

Oldinda yana oltita yo‘nalishda medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Albatta ularning ichida eng orziqib kutilayotgani bu biatlon, erkaklar o‘rtasidagi sprint bahslari bo‘ladi. Sayyoramizning ikki tengsiz sportchisi Marten Furkad va Yohannes Byo o‘rtasida kechadigan murosasiz kurashga yana kim qo‘shila oladi? Buni Toshkent vaqti bilan 16:15da boshlanadigan poygalar aniqlab beradi.

Quyida bugun o‘ynaladigan barcha medallar jamlanmasi bilan tanishib olishingiz mumkin. Musobaqalar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya

11 fevral kuni o‘ynaladigan medallar jamlanmasi

Snoubord
Erkaklar
Sloupstayl
1. Redmond Jyerard (AQSh)
2. Maksans Parro (Kanada)
3. Mark Makmorris (Kanada)

Chang‘i poygalari 
Erkaklar
Skiatlon

Boshlanish vaqti – 11:15

Konkida yugurish sport
Erkaklar
5000 metr
Boshlanish vaqti – 12:00

Chana sporti
Erkaklar
Yakkalik bahslar
Boshlanish vaqti – 16:00

Biatlon
Erkaklar
Sprint
Boshlanish vaqti – 16:15

Fristayl
Ayollar
Mogul yo‘nalishi
Boshlanish vaqti – 17:00

Ko‘proq yangiliklar: