Indoneziyalik 46 yoshli Roni Gunavan qarama-qarshi tomonda joylashgan ikkita dvigatel, ikkita rulga ega mashina yaratdi.
Gunavan Double-Faces Car deb nomlangan bu mashinani avval taksi sifatida qo‘llangan ikkita yengil mashinaning old qismidan yaratgan.
Mashina ikkita haydovchi tomondan boshqarilishi mumkin. Gunavanning aytishicha, mashinani yaratish unga 4,8 ming dollarga aylangan.
Gunavanning ta'kidlashicha, bu mashinaning o‘ziga xos qulayliklari bor. Misol uchun, uni kerakli tomonidan boshqarib, tirband avtoturargohlardan qulay chiqib ketish mumkin.