Ilk 5G-smartfonlar qachon paydo bo‘lishi aytildi

Fan-texnika 22:00 / 09.02.2018 13045

Simsiz aloqa vositasini ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi qator yirik mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari bilan Snapdragon X5 chipi bazasida 5G'ni qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi. Smartfonlarni ishlab chiqarish 2019 yilga rejalashtirilgan, deyiladi kompaniya relizida.

Nokia, HTC, LG, Sony, Vivo, Xiaomi kabi kompaniyalar shunday smartfonlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Apple va Samsung korporatsiyalari esa mazkur ro‘yxatda yo‘q.

Bundan tashqari, Qualcomm'ning ma'lum qilishicha,  Snapdragon X5 Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Singapur, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning eng yirik mobil operatorlari bilan test rejimida qo‘llanadi. Yangi loyihani ishga tushirish ishlari 2018 yilga mo‘ljallangan.

5G uchun chastotalar hali Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi darajasida tasdiqlanmagan, biroq mamlakatlar beshinchi avlod aloqa tarmoqlari sinovlari uchun chastota ajratmoqda. 

2017 yilning dekabrida eng yirik mobil operatorlarni o‘ziga jamlagan 3GPP konsorsiumi global mobil aloqa tarmog‘iga 5G tarmog‘i uchun tijoriy chastotalarni ishga tushirish imkonini beruvchi standartni ishlab chiqdi. 

Ko‘proq yangiliklar: