Biryo‘la uch displeyga ega LG smartfoni patentlandi

Fan-texnika 15:57 / 09.02.2018 8224

Jahon intellektual mulk tashkiloti LG kompaniyasining taxlanuvchi displeyli smartfoni patentini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga ko‘ra, qurilma oddiy smartfondan planshetga aylanishi mumkin. GizmoChina shu haqida xabar berdi. 

Patent arizasi 2014 yilda berilgan bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yilning noyabridagina tasdiqlandi, insayderlar bu haqida endi xabar berishmoqda. 

Yangi texnologiyaga ko‘ra, LG'ning yangi qurilmasi bir smartfon ekranidek taxlanuvchi uch displeyga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi zarurat tug‘ilganda qurilmani ochib, planshet ko‘rinishiga keltirishi mumkin bo‘ladi. 

Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina

Taxlanuvchi displeyga ega qurilmani yaratish g‘oyasiga ko‘plab elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchilari qiziqib qolishgan. O‘tgan yili ZTE kompaniyasi taxlama qurilma ko‘rinishidagi ilk Axon M smartfonini ishlab chiqardi. Qurilma ikki displeyga ega bo‘lib, uni ham ham smartfon, ham planshet sifatida qo‘llash mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: